Tyutor faoliyati bo‘yicha hujjatlar
Tyutorning ismi va familiyasi:
I.Normativ-huquqiy va ichki hujjatlardan xabardorligi hamda talabalar oʻrtasida targʻib qilishi:
a) tyutorning amaldagi qonunchilik hujjatlari, oliy taʼlim tashkilotining “Odob-axloq kodeksi”, ichki tartib-qoidalari va boshqa ichki hujjatlaridan xabardorligi;
b) talabalarga amaldagi qonunchilik hujjatlari, oliy taʼlim tashkilotining “Odob-axloq kodeksi”, ichki tartib-qoidalari va boshqa ichki hujjatlarining tanishtirilganligi.i
II. Talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini samarali tashkil etish:
a) mavjud toʻgaraklar, Axborot resurs markazi haqida talabalarga maʼlumot berilganligi hamda ularni jalb qilinganligi;
b)talabalarning shaxsiy va kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan yakka va jamoaviy maslahatlar berilganligi;
c) talabalarni oliy taʼlim tashkiloti yaqinida joylashgan adabiyot, sport, sanʼat, madaniyat va kasbga yoʻnaltiruvchi toʻgaraklarga jalb etilganligi;
d) talabalarning teatr, muzey va boshqa koʻngilochar maskanlarga tashriflarini tashkil etilganligi.
III. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, festivallar va olimpiadalarni targʻib qilish hamda talabalarni jalb qilishdagi faolligi:
a) madaniy, ilmiy-ijodiy, sport va boshqa maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar (uchrashuv, davra suhbatlari)dagi faolligi va tashabbusi;
b) milliy bayramlar, muhim sana va tarixiy xotira kunlari munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlaridagi faolligi va tashabbusi;
c) tanlovlar, festivallar va olimpiadalarni targʻib qilish hamda talabalarni jalb qilishdagi faolligi.
IV. Huquqbuzarlik, giyohvandlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda talabalarni profilaktik tadbirlarga jalb qilishdagi faolligi:
a) korrupsiya, giyohvandlik, psixotrop moddalar isteʼmoli, odam savdosi va boshqa illatlarni oldini olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari olib borilganligi;
b) talabalarni huquqbuzarlik, giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish tadbirlarida ishtirokini taʼminlaganligi;
c) huquqbuzarlik, intizomsizlik yoki boshqa illatlarga moyil talabalar bilan doimiy tushuntirish ishlarini olib borganligi.
V. Talabalarni turar joy bilan taʼminlash va ularning holidan xabar olish holati:
a) talabalar turar joyida, ijarada, xususiy yoki yaqin qarindoshlarining uyida yashovchi talabalar haqida maʼlumotlar shakllantirilganligi va yangilab borilganligi;
b) oʻquv yili davomida ijara xonadonlari bazasini (zaxira uchun) shakllantirilganligi;
c) talabalar turar joyida, ijarada, xususiy yoki yaqin qarindoshlarining uyida yashovchi talabalar holidan xabar olinganligi hamda mavjud muammolar bartaraf etilganligi yoki masala yuzasidan masʼullarga axborot kiritilganligi.
VI. Mahalla va ota-onalar bilan hamkorligi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan ishlashdagi faolligi:
a) ota-onalar bilan aloqa oʻrnatilganligi, ota-onalar yigʻilishlarini (onlayn yoki oflayn) tashkil etilganligi va muammoli talabalar bilan ishlash holati;
b) mahalla, profilaktika inspektori va jamoatchilik bilan hamkorlikdagi tashabbusi va faolligi;
c) ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand talabalar bilan ishlash holati.
📤 Saqlash